Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha Mahorat markazining davlat ta’lim talablariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
ta’lim ishtirokchilarining auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish; ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;
pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlari, ta’lim sohasida ish tajribasi va staji, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirib borish;
o‘z fani sohasi bo‘yicha ish olib borayotgan respublikamizdagi va xorijdagi ilmiy-tadqiqot Markazlari, laboratoriyalari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish;
hududdagi ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan maktablar bilan shartnoma asosida hamkorlik o‘rnatish; rahbariyat ko‘rsatmasiga asosan hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham
amalga oshirish;
namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlari, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.