Kafedra mudiri kafedraning ishini tashkil qiladi va nazorat olib borish; o‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;
mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq bo‘lgan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish;
Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish;
muassasa jamoasining a’zolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;
muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish. Kafedraga o‘quv mashg‘ulotlarni olib borish uchun yuqori malakali olimlar, mutaxassislar va novator o‘qituvchilarni jalb qilish;
kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlash;
o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha asosiy strategik yo‘nalishlarni belgilaydi. Tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarning o‘quv-mavzu rejalari, dasturlari hamda ilmiy tadqiqot ishlari istiqbol va joriy rejalarning o‘z vaqtida tayyorlanishi va bajarilishini ta’minlash;
kafedra pedagog xodimlariga shtatlarni va o‘quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini nazorat qilish;
kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv ishchi dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
kafedra yig‘ilishlarini reja asosida o‘z vaqtida o‘tkazib borilishini ta’minlash. Kafedra yo‘nalishidagi ilmiy ishlar muhokamasini o‘tkazib, tegishli taqrizlar berishini tashkil qilish;
Respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tanlovlar, ilmiy-amaliy anjumanlar, vebinar, seminar-treninglarni tashkil etadi hamda turli grant loyihalarida kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirokini ta’minlash;
kafedra a’zolarining ilmiy salohiyatini oshirish, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimidagi davlat talablarini joriy qilish, tajriba-sinov ishlarini olib borish, yangi metodikalar, innovatsion tajribalarni tatbiq etish, o‘qituvchilarning mustaqil malaka oshirishlari bo‘yicha metodik tavsiyalar va o‘quv qo‘llanmalar yaratib, ish faoliyatini tashkil etish;
ilg‘or xorijiy tajribalar asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimiga oid yangiliklarni o‘rganish hamda amaliyotga joriy etish;
kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan kafedra professor-o‘qituvchilarini rag‘batlantirish, stajirovkalarga yuborish, ijodiy ta’tilga chiqarish bo‘yicha hududiy markaz kengashiga takliflar kiritish. Kafedra a’zolarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida malaka oshirish va ularning kafedra majlisida ilmiy-ijodiy hisobotlarini tashkil etish;
tinglovchilar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish;
mehnat qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlar va huquqlardan foydalanish;