Ta’lim ishtirokchilarini ta’lim jarayonidagi ishtiroklarini ta’minlashga ko‘maklashish;
Ta’lim ishtirokchilarining auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish; Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
Ilmiy unvon va darajaga ega bo‘lgan kafedra xodimlariga assistentlik qilish;
Kafedra faoliyatiga aloqador bo‘lgan vazifa va yuklamalarni bajarilishida ishtirok etish;
Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan foydalanib guruhda va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish;
Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlari, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.