Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi

Rahbariyat

Direktor: Salayev Jasurbek Komilovich

📞 Telefon: (62) 377-43-98, (62) 377-43-86
📠 Faks: (0362) 223-89-23
📧 E-mail: xorazmmalaka@mail.ru, xorazmmoi@exat.uz
🌐 Veb-sayt: https://xorazmpmm.uz

📍 Manzil: Xorazm viloyati, Xiva shahri, Amir Temur ko‘chasi 31/5-uy
📮 Indeks: 220100

Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi 1938-yil avgust oyida Xorazm oblast xalq maorifi bo‘limi qoshida metodika kabineti sifatida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda hududda pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishini ta’minlovchi yetakchi muassasalardan biri hisoblanadi. Dastlab ikki nafar pedagog xodim bilan faoliyat boshlagan markaz 1952-yil 16-sentabrda Xorazm viloyati o‘qituvchilar malakasini oshirish institutiga aylantirildi.

Markazga turli yillarda tajribali va fidoyi pedagoglar rahbarlik qilib kelgan. Jumladan, 1938–1952-yillar davomida Oblast pedagogika kabinetiga Zaripboy Husainov, Matkarim Aminov, Lev Davidovich Magazinnik, Sobir Karimov, Matkarim Husainov, Sharip Ollayorov, Sobir Sharipov, Afzal Ibragimov, Raqiya Hasanova hamda Tatyana Sergeevna Krasnoyarskaya rahbarlik qilgan.

1953-yildan boshlab markazga Sharipov Sabir, Xo‘jayev Abdulla, Bekchanov Ro‘zimboy, Nurmetov Yo‘ldosh, Matkarimov Ahmadjon, Niyozov Zaripboy, Xudayberganov Matrasul, Beregina Muhabbat, Nurimov Quramboy, Bobojonov Yo‘ldosh, Sotliqov Tohirjon, Asqarov Olimboy, Sultanov Bahodir va Saidov Yuldash kabi tajribali rahbarlar boshchilik qilgan. Hozirgi kunda markazga Salayev Jasurbek Komilovich 2024-yil sentabrdan buyon rahbarlik qilmoqda.

Bugungi kunda markaz tarkibida 7 ta kafedra va 12 ta bo‘lim faoliyat yuritib, jami 146 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlar mehnat qilmoqda. Markazning ilmiy salohiyati 13 foizni tashkil etadi, 5 nafar fan nomzodi faoliyat olib bormoqda. Ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish, yosh pedagoglarni ilmiy faoliyatga jalb etish va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Markazda har yili maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari pedagoglari, rahbar va mutaxassis xodimlari uchun 100 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etilib, 17 ming nafardan ortiq tinglovchi qamrab olinadi. Shuningdek, kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash yo‘nalishlarida matematika, ingliz tili, texnologiya va rus tili fanlari bo‘yicha kurslar yo‘lga qo‘yilgan. 2024-yilda 427 nafar tinglovchi qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, diplomga ega bo‘ldi.

Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi zamonaviy moddiy-texnik bazaga ega bo‘lib, 1550 o‘rinli o‘quv binosi, 180 o‘rinli yotoqxona, sport zali, oshxona hamda yozgi sport maydonchalari bilan ta’minlangan.

Markaz faoliyati pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish hamda ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.



8-05-2024, 18:03
Ko'rishlar: 484
Sahifani chop etish