Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘ining lavozim yo‘riqnomasi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriligi buyruqlarida belgilangan vazifalar bajarilishini tashkil etish.
O‘quv jarayonida davlat talablari, normativ hujjatlar va o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq joriy etilishini ta’minlash.
Bo‘lim boshlig‘i tegishliligi bo‘yicha akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari rahbarligida faoliyat olib boradi.
Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish direktorning buyrug‘i bilan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini metodik ta’minlash, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish:
o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish hamda maktabda o‘qishga tayyorlash sifatini yaxshilash orqali bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish, har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy kamol toptirish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxassislarining malakasini uzluksiz oshirish uchun qisqa muddatli va maqsadli kurslarni tashkil etish;
o‘qitishning zamonaviy shakllarini, innovatsion pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga metodik yordam ko‘rsatish;
o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga, pedagoglar iste’dodlarini, qobiliyatlarini rivojlantirish va rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlar (konferensiyalar, musobaqalar, seminar- treninglar, tanlovlar) tashkil etish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxassislarini malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va o‘quv-metodik ishlar olib borish;
Hududiy markaz direktoriga bo‘lim xodimlarini yuqori natija va yutuqlari bo‘yicha rag‘batlantirish, shuningdek o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgan xodimlarga intizomiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritish vazifalarini amalga oshiradi/
Hududiy markaz Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘iga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.