Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Al-Xorazmiy universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlarida tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or pedagogik va ilmiy tajribalar almashinuvi hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.
✍️Tadbir doirasida markaz direktori iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich mehmonlarni kutib oldi. Hamkorlik doirasida seminar-treninglar, mahorat darslari, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish hamda yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan.
🫥Tadbir davomida mehmonlar markazda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar - muzey, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun mo‘ljallangan o‘quv-amaliy xonalar, kompyuter o‘quv xonalari, sport zali hamda fitnes klubi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
💠Mazkur hamkorlik Xorazm viloyatida ta’lim va ilm-fan integratsiyasini kuchaytirish, innovatsion muhitni rivojlantirish hamda raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.




