✅ Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich hamda Glazov muhandislik va pedagogika universiteti rektori Chigovskaya-Nazarova Yanina Aleksandrovna o‘rtasida muhim hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🤔 Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida Hamkorlik Memorandumi imzolandi va istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
Kelishuvga ko‘ra:
-Akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish
-Ikki tomonlama kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini rivojlantirish
-Professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro stajirovkalarni tashkil etish rejalashtirildi
🔵 Shuningdek, mazkur uchrashuvda Glazov muhandislik va pedagogika universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Kubasova Tatyana Yuryevna ham ishtirok etdi.
✨Ushbu hamkorlik ta’lim sifati va xalqaro tajriba almashinuvini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.



