Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazining “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari ” kafedrasi tomonidan “Maktabgacha ta’lim tashkiloti, oila va maktab hamkorligi faoliyati xususiyatlari ” mavzusida davra suhbati o‘tkaziladi.

🤔Tadbirda Abu Rayxon nomidagi Urganch davlat universiteti Pedagogika psixologiya kafedrasi p.f.f.doktori (Phd) dotsenti  Xujaniyozova Oygul Rajabovna ishtirok etib, maktabgacha ta’lim tashkiloti, oila va maktab hamkorligi faoliyati xususiyatlari, muammo va yechimlari to‘g‘risida o‘z fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

✅Mazkur davra suhbatida professor-o‘qituvchilar, davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari – malaka oshirish kursi tinglovchilari, shuningdek, pedagogik mahorat markazining boshqa yo‘nalishlarida tahsil olayotgan tinglovchilar ishtirok etishlari uchun taklif etiladi.

📆  Sana: 24-noyabr

🔴 Boshlanish vaqti: soat 10:20


23-11-2025, 20:19
Ko'rishlar: 0
Sahifani chop etish