Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


Hurmatli jamoa a’zolari hamda kurs tinglovchilari!

✅Fevral oyida xalqimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk siymolar — so‘z va tafakkur sultoni Alisher Navoiy (9-fevral) hamda buyuk davlat arbobi, shoir va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur (14-fevral) tavallud topgan kunlar nishonlanadi. Ularning bebaho ijodiy merosi, yuksak ma’naviy qarashlari va tarixiy xizmatlari milliy o‘zligimiz hamda ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotimizning mustahkam poydevoridir.

✅Mazkur sana munosabati bilan Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi "Tillarni o‘qitish metodikasi" kafedrasi tashabbusi bilan buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ijodiy chellenj tashkil etilmoqda. Ushbu chellenj kafedra tomonidan ilgari surilgan ma’naviy-ma’rifiy tashabbus bo‘lib, ishtirokchilarning til va adabiyotga oid bilimlarini boyitish, ijodiy va metodik salohiyatini namoyon etishga qaratilgan.

💤Barchangizni Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu ijodiy chellenjda faol ishtirok etishga chorlaymiz va yuksak ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.


10-02-2026, 18:42
Ko'rishlar: 8
Sahifani chop etish