9-may – Xotira va qadrlash kuni
Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida kurs tinglovchilari ishtirokida “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lida ko‘rsatilgan qahramonlik – hech qachon unutilmaydi” shiori ostida adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni markaz direktori – Salayev Jasurbek Komilovich ochib berdi.
Tadbir davomida Vatan ozodligi va tinchligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan yurtdoshlarimiz xotirasi yodga olindi. Tinglovchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari, vatanparvarlik ruhidagi she’rlar va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Ushbu chiqishlar ishtirokchilarning qalbiga chuqur ta’sir ko‘rsatdi.
Bunday tadbirlar yoshlarda vatanparvarlik, tarixiy xotiraga hurmat va yurtga sadoqat ruhini tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi.


