Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

2025-yil 20-oktyabr kuni Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

✍️Tadbir Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan, kafedra mudirasi, filologiya fanlari doktori, professor Sobirova Nasiba Ergashevna boshchiligida o‘tkazildi.

✍️Tadbirni ochib berish uchun so‘z markaz direktori, iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovichga berildi. U o‘z nutqida ona tilining jamiyatda tutgan o‘rni, milliy tafakkur va madaniyatimizdagi bebaho qadri haqida to‘xtaldi.

✍️Tadbir davomida ona tili, rus tili, ingliz tili, nemis tili va musiqa fani yo‘nalishlari bo‘yicha kurs tinglovchilar tomonidan ijodiy chiqishlar, badiiy she’rlar, musiqiy kompozitsiyalar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ishtirokchilarning chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi va bayramona kayfiyat ulashdi.

✍️Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuniga asoslangan holda ona tilimizni ulug‘lash, uni asrab-avaylash va yosh avlod qalbida ona tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

🔘Ona tili-millat faxri, xalq ruhi va madaniyatining asosi hisoblanadi. Uni e’zozlash, kelajak avlodlarga sof holda yetkazish har birimizning burchimizdir.

Bayram muborak, aziz yurtdoshlar!
21-10-2025, 20:11
Sahifaga qaytish