Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi huzurida tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim pedagoglari malakasini oshirish markazining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Islom taraqqiyot banki va UNICEF hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Markaz direktori Salayev Jasurbek Komilovich boshchiligida tashkil etilib, unda ishtirokchilarga loyiha doirasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, xususan, pedagogik kadrlar malakasini oshirishning transformatsiya jarayoni haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

⚡️ UNICEF tomonidan taqdim etilgan zamonaviy texnik jihozlar asosida tashkil etilgan o‘quv xonasi, AKT xonasi va laboratoriya maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori darajada tashkil etishga imkon beradi.
26-11-2025, 12:52
Sahifaga qaytish