“Kasbim-faxrim” bellashuvi

“Kasbim-faxrim” bellashuvi


Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari kurs tinglovchilari o‘rtasida kasbiy bilim va ko‘nikmalarni namoyish etishga qaratilgan “Kasbim-faxrim” nomli bellashuv tashkil etildi.

Tadbirni markaz direktori, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori,faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich ochib berar ekan, tarbiyachilik kasbining ijtimoiy ahamiyati va bunday tadbirlarning mutaxassislar malakasini oshirishdagi o‘rniga alohida urg‘u berdi.

Bellashuv mashg‘ulotlariga “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasining tajribali ustozlari rahbarlik qilishdi. Ishtirokchilar o‘zlarining nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va pedagogik mahoratini sinovdan o‘tkazishdi.

Tadbir do‘stona muhitda, o‘zaro tajriba almashish va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish ruhida o‘tdi. Eng faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
26-11-2025, 12:54
Sahifaga qaytish