Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


👉Pedagogik mahorat markazi huzurida tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim pedagoglari malakasini oshirish markazi faoliyati bilan tanishish maqsadida UNICEF vakillari tashrif buyurdi.

🔹Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Islom taraqqiyot banki hamda UNICEF hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasidagi ishlar bilan yaqindan tanishildi.

🔹Markaz direktori Salayev Jasurbek Komilovich mehmonlarga o‘quv jarayonlari va mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

⚡️UNICEF ko‘magida zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan o‘quv xonasi, AKT xonasi va laboratoriya-maktabgacha ta’lim xodimlari uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar yuqori darajada tashkil etilgan.

🤝UNICEF vakillari amalga oshirilayotgan ishlarni yuksak baholab, kelgusida hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalarini muhokama qilishdi.


20-06-2025, 14:00
Ko'rishlar: 44
Sahifani chop etish