Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida ta’lim muassasalari pedagoglari uchun malaka oshirish va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha o‘quv kurslari davom etmoqda.
🔹 O‘quv mashg‘ulotlari davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlar berildi:
▪️ Bigeye Tots dasturi asosida bolalarning kognitiv, emotsional va jismoniy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;
▪️ Primary Mathematics Grade K (Kindergarten) dasturi orqali shakllantirish;
▪️ STEAM yondashuvi;
▪️ “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi
Mazkur o‘quv kurslarida Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Vaisova Gulnoza Kuzibaevna va maktabgacha ta’lim metodisti Hasanova Shaxnoza Omonbayevna faol ishtirok etib, tajriba almashinuvi va o‘quv jarayonini sifatli tashkil etishda muhim hissalarini qo‘shdilar.


