👉Xorazm viloyatining Urganch, Hozarasp, Xiva va Tuproqqal’a tumanlarida “Dolzarb 90 kun” qisqa muddatli o‘quv kurslari davom etmoqda. Mazkur bosqich yoshlar va pedagoglar salohiyatini oshirishga qaratilgan navbatdagi ta’lim loyihasi sifatida tashkil etilmoqda.
Mavzu: Bolalarga kashf qilish, tajriba o‘tkazish va muammolarni ijobiy hal qilishni o‘yinlar orqali o‘rgatish.
⚡️Seminar-treninglarda Singapur ta’lim tizimi asosida ishlab chiqilgan ilg‘or metodik yondashuvlar keng yoritildi. Tajribalarni amaliy mashg‘ulotlar orqali chuqur o‘zlashtirib,mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
O‘quv kursi doirasida pedagoglar quyidagi:
🔹zamonaviy interaktiv metodlarni qo‘llash;
🔹tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish;
✨Mazkur tashabbus bolalar tafakkurini kengaytirish,ularning ilm-fanga qiziqishini kuchaytirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ushbu jarayonlar 23-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi.
📸 Xorazm viloyati PMM axborot xizmati