O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 30-iyundagi 216-son buyrug‘iga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari joriy yilning 1-oktabridan 11 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha davom ettirilishi belgilangan.
👥 Shu munosabat bilan Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida fan metodistlari ishtirokida “Mentor-o‘qituvchilikka nomzodlarni saralash mezonlari” asosida suhbatlar Zoom platformasi orqali o‘tkazilmoqda.
📚Suhbatlar davomida fan metodistlari tomonidan nomzodlarning kasbiy salohiyati, metodik bilim va ko‘nikmalari chuqur tahlil qilindi.
👉Maqsad-ilg‘or tajribaga ega, yuqori malakali ustozlar orasidan mentorlikka loyiq nomzodlarni tanlab olish va hududlardagi ta’lim sifatini yanada yuksaltirishdir.
📸Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati