Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


👉Xorazm viloyatida ta’lim sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida tizimli va metodik ishlar olib borilmoqda.

Ta’lim ko‘rsatkichlari nisbatan past bo‘lgan Hazorasp,Qo‘shko‘pir,Gurlan va Tuproqqal’a tumanlaridagi (10 ta) umumta’lim maktabida o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔹 Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazining tajribali fan metodistlari joylarga chiqqan holda:

-O‘qituvchilarga individual va guruhiy uslubiy ko‘mak;
-Amaliy seminar va mahorat darslari;

⚡️Yangi yondashuv sifatida darslarda raqamli texnologiyalar,VR - virtual reallik ko‘zoynaklaridan foydalanish joriy etilib,bu usul o‘quvchilarning fanlarni chuqur anglashiga va bilimni samarali egallashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

💻 Shuningdek,Zoom platformasi orqali masofaviy metodik seminarlar va maslahatlar ham muntazam o‘tkazilmoqda.


6-08-2025, 15:02
Ko'rishlar: 36
Sahifani chop etish