👉Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida ta’limni rivojlantirish bo‘yicha direktor maslahatchisi, Afrikalik ekspert Solomons Donovan Benedict tomonidan tajribali fan metodistlari uchun o'quv-seminar tashkil etildi.
👉Tadbirda markaz direktori Salayev Jasurbek Komilovich ham ishtirok etib, jarayonni kuzatib bordi.
👇Seminarning asosiy yo‘nalishlari:
🔹Shaxsda kreativlik va ijodkorlik sifatlarini rivojlantirish;
🔹Tafakkur, aql-idrok va tasavvurni kengaytirish mexanizmlari;
🔹Ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni joriy etish tajribalari.
⚡️Tadbirda markazimiz metodistlari faol ishtirok etib, yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirdilar.
✨ Ushbu o'quv- seminar o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, ta’limda kreativ yondashuvlarni shakllantirish va zamonaviy metodlarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.