⏩2025-yil 2-sentabr kuni markazda o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari o‘z ishini boshladi.
⏩Tadbirda markaz direktori, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich so‘zga chiqib, tinglovchilarni tabrikladi va zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda innovatsion metodlarni o‘zlashtirishning ahamiyatini alohida ta’kidladi.
⚡️Kurslar davomida pedagoglar o‘z kasbiy mahoratini yanada rivojlantirib, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yangi bilim va tajribalarni egallashadi.
🐦Ta’limda yangilik, mahoratda o‘sish!