Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

 Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti hamda hududiy pedagogik mahorat markazlari master-trenerlari ishtirokida 11 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha trening mashg‘ulotlari boshlandi.

⚙️Mazkur jarayonda Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazining 16 nafar professor-o‘qituvchisi va fan metodistlari faol ishtirok etmoqda. Trening mashg‘ulotlari davomida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda ilg‘or tajribalarni o‘qituvchilar o‘rtasida keng targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

⚡Shuningdek, ishtirokchilar dars jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan interfaol metodlar, innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodik yangiliklarni o‘zlashtirmoqdalar. Mazkur tadbirlar pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, o‘quv jarayonida samaradorlikni oshirish hamda ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.


9-09-2025, 15:58
Ko'rishlar: 23
Sahifani chop etish