✅Islom taraqqiyot bankining “Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish” loyihasi doirasida UNICEF hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda “Maktabgacha ta’lim tizimi pedagog va rahbarlari salohiyatini mustahkamlash maqsadida kasbiy tayyorlash va malaka oshirish tizimini isloh qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
🔍Loyiha asosiy yo‘nalishlari:
✅Ijtimoiy-emotsional o‘rganish,
✅Inklyuziv ta’limni joriy etish,
✅Mikro-o‘qitish amaliyoti,
✅Tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish,
✅Pedagog va rahbarlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish.
🤔Tadbirda Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi yetakchi mutaxassisi Xasanova Shahnoza va maktabgacha ta’lim metodisti Masharipova Sadoqat ishtirok etib, o‘z amaliy tajribasi va tavsiyalari bilan bo‘lishmoqda.
🛍️Mazkur tashabbus maktabgacha ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.