Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


⏩Fanlar kesimida mentor-o‘qituvchilar uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari yakunlandi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 30-iyundagi 216-son buyrug‘i ijrosi doirasida mentor-o‘qituvchilarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha navbatdagi amaliy mashg‘ulotlar yakuniga yetdi.

✅Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida o‘tkazilgan qisqa muddatli o‘quv kurslari davomida tinglovchilar zamonaviy pedagogik metod va texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

✅Tadbir yakunida mentor-o‘qituvchilarga sertifikatlarni markaz direktori Salayev Jasurbek Komilovich hamda Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ma'sul xodimi Go'zalxon  Jumanovalar tantanali ravishda topshirishdi. Markaz direktori J.K.Salayev o‘z nutqida ishtirokchilarga kelgusi faoliyatlarida yuksak muvaffaqiyatlar va samarali natijalar tiladi.

✅Ushbu tashabbus ta’lim tizimida mentorlik institutini rivojlantirish, o‘qituvchilarning professional salohiyatini yuksaltirish hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etishda muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

🗓O‘quv mashg‘ulotlari fanlar kesimida 25-sentabrga qadar davom etadi.


20-09-2025, 15:33
Ko'rishlar: 13
Sahifani chop etish