O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Maorif vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan “Zo‘r” (“Klass”) loyihasi asosida Rossiyaning A.I. Gersen nomidagi Davlat pedagogika universiteti metodisti, tajribali mutaxassis Katerina Sergeyevna Starostina Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.
✅Tashrif doirasida mehmonni Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich rasmiy kutib oldi.
⏩BUGUN, 2025-yil 22-sentyabr kuni K.S. Starostina o‘z faoliyatini Pedagogik mahorat markazida boshladi.
U uch oy davomida rus tili fani bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:
✅nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish;
✅viloyatdagi umumta’lim muassasalarida rus tili o‘qituvchilari bilan amaliy ishlarni olib borish;
✅o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirishga ko‘maklashish;
✅ilg‘or tajribalarni joriy etish va metodik yondashuvlarni takomillashtirish.
🤔Mazkur tashrif ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish va o‘qitish sifatini oshirish yo‘lida muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

