Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘iga binoan "Xalq ta’limi a’lochisi" unvoniga sazovor bo‘ldi.
Mazkur yuksak e’tirof ta’lim sohasini rivojlantirish, pedagogik mahoratni yuksaltirish va samarali ilmiy-amaliy faoliyat olib borishdagi ulkan xizmatlarning amaliy tasdig‘idir.
Samimiy tabriklaymiz! Jasurbek Komilovichga kelgusidagi ilmiy va tashkiliy faoliyatlarida yanada yuksak marralarni zabt etish nasib etishini tilaymiz.
Markaz jamoasi