Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

1-oktabr-"Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida bayram tadbiri tashkil etildi.

🖼️Tadbirda ta’lim sohasida ko‘p yillar faoliyat yuritgan faxriy ustozlar hamda markaz professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

✅Markaz direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich samimiy tabrik so‘zlari bilan ustozlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va xizmatlarini alohida ta’kidladi.

🔹 Shuningdek, markaz tarixiga oid qimmatli hujjatlar, albomlar va esdaliklarni o‘zida mujassam etgan muzey xonasi yaratilgan bo‘lib, unda pedagogik jamoaning boy faoliyati namoyish etilgan va mexmonlarda katta qiziqish uyg'otdi..

Tadbir yakunida faxriy ustozlarimiz estalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Ustozlik — yuksak sharaf, ulug‘ mas’uliyat. Shu munosabat bilan barcha ustoz va murabbiylarimizni bayram bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!


1-10-2025, 20:15
Ko'rishlar: 46
Sahifani chop etish