2025-yil 3-oktabr kuni Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida “Ingliz tili” kursi tinglovchilari uchun interfaol mahorat darsi o‘tkazildi.
🤔Mazkur mashg‘ulotni markaz direktorining ta’limni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy maslahatchisi Solomons Donovan Benedict olib bordi. Dars jarayonida tinglovchilar zamonaviy ta’lim texnologiyalari, muloqot madaniyati hamda nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdilar.
🤔Bunday mahorat darslari markazning Fanlarni rivojlantirish bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilib, tinglovchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda xorijiy tillarni o‘qitishdagi ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirishga xizmat qiladi.
📊Markaz ta’lim jarayonini takomillashtirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va o‘qituvchilarning malakasini oshirish borasidagi ishlarini izchil davom ettirmoqda.