2025-yil 7-oktyabr kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori Saidov Mash’al Samadovich Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markaziga tashrif buyurdi va markaz direktori Salayev Jasurbek Komilovich samimy kutib oldi.
✅Tashrif davomida mehmon Markazda yaratilgan o‘quv xonalari, SMART auditoriyalari hamda muzey faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
✍️Uchrashuv yakunida Markaz direktori Salayev Jasurbek Komilovich va Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori Saidov Mash’al Samadovich o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.
🤝Mazkur memorandum ikki tashkilot o‘rtasida:
✅pedagogik va metodik tajriba almashish,
✅ilmiy-uslubiy faoliyatni rivojlantirish,
✅Respublika va xalqaro konferensiyalarni hamkorlikda tashkil etish
yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
♦️Ushbu hamkorlik ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish hamda pedagoglarning kasbiy mahoratini yanada rivojlantirishga qaratilgan.