2025-yil 10-oktabr kuni Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida kurs tinglovchilari uchun interfaol mahorat mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
✅Mazkur mashg‘ulot markaz direktorining ta’limni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy maslahatchisi, Solomons Donovan Benedict tomonidan olib borildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga zamonaviy ta’lim metodlari, interfaol yondashuvlar hamda kommunikativ o‘qitish tamoyillari amaliy misollar asosida tushuntirib berildi.
🤔Ta’lim jarayoni o‘zaro fikr almashish, jamoaviy faoliyat, hamda muammoli vaziyatlarni tahlil qilish usullariga asoslangan holda tashkil etildi. Bunday yondashuv tinglovchilarning faolligini oshirib, nazariy bilimlarning real amaliy ko‘nikmaga aylanishiga xizmat qildi.
🎯 Mazkur interfaol dars Fanlarni rivojlantirish bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilib, uning asosiy maqsadi – o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, shuningdek, xalqaro ilg‘or tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etishdan iborat bo‘ldi.

