Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

Bugun millatimiz faxri, xalqimiz tafakkuri va ma’naviyatining betakror ifodasi bo‘lgan o‘zbek tilining davlat tili maqomiga ega bo‘lgan kunini keng nishonlamoqdamiz.

Til — xalqning ruhi, tarixiy xotirasi va madaniyatining eng yorqin ko‘zgusidir.

Shu munosabat bilan Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari tomonidan markaz xodimlari va kurs tinglovchilari bayramona kayfiyatda kutib olindi. Tadbir davomida davlat tilining nufuzi, o‘zbek tilining boy tarixiy ildizlari va uni asrab-avaylash zarurati haqida so‘z yuritildi.

Davlat tili — bu millatning o‘zligini, ma’naviyatini va tafakkur darajasini belgilovchi eng muhim mezondir.

🇺🇿 O‘zbek tili — millat faxri, xalq qalbining sadosi.

✨ Bayramingiz muborak bo‘lsin!


21-10-2025, 18:39
Ko'rishlar: 86
Sahifani chop etish