Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida “Ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitishda zamonaviy yondashuv: muammo va yechimlar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

🫥Tadbirda Buxoro davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ro‘ziyeva Mohichexra
🫥Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor (DSc) Sabirova Nasiba Ergashevna 
🫥hamda ushbu kafedraning ona tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassis, tajribali o‘qituvchi Bobojonov Islombek ishtirok etdilar.

🫥Mashg‘ulot davomida ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish, innovatsion metodlardan samarali foydalanish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni shakllantirish masalalari keng muhokama qilindi.

🤔Ushbu mahorat darsi professor-o‘qituvchilar va tajribali mutaxassislar hamkorligida tashkil etilib, pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish hamda ta’lim jarayonining sifatini yanada oshirishga xizmat qildi.


5-11-2025, 16:26
Ko'rishlar: 11
Sahifani chop etish