Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

BUGUN, 10-noyabr kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida kimyo fani kurs tinglovchilari ishtirokida “Fanga oid turli qurilmalar va ilmiy tajribalarni o‘zida mujassamlashtirgan ilmiy shou tashkil etish” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

🧪Mashg‘ulotni tajribali kimyo fani o‘qituvchisi Masharipov Shokir olib bordi. Dars jarayonida “Sun’iy qon hosil qilish”, “Svetofor tajribasi” va “Yonmaydigan qo‘l” kabi qiziqarli ilmiy tajribalar namoyish etilib, tinglovchilarga fan asoslari amaliy ko‘rinishda yetkazildi.

🧊Shuningdek, kimyo fani metodisti, tajribali mutaxassis Matluba Qalandarova ham mashg‘ulotda ishtirok etib, tinglovchilar bilan birgalikda tajribaviy ishlar olib bordi hamda o‘qituvchilar uchun samarali metodik tavsiyalar berdi.

🤔Ushbu mashg‘ulotlar kimyo fanini o‘qitishda innovatsion va interaktiv yondashuvlarni keng joriy etish, o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

📚 Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi bunday tashabbuskor dars mashg‘ulotlari orqali o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish va ta’lim jarayonida ilg‘or tajribalarni targ‘ib etishni davom ettirmoqda.


10-11-2025, 16:15
Ko'rishlar: 5
Sahifani chop etish