Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida Malayziyaning “UNIMAS Kuala Lumpur” universiteti bazasida tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish o‘quv kurslarida Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi hamda viloyatdagi umumta’lim muassasalari xodimlaridan iborat 13 nafar o‘qituvchi ishtirok etmoqda.
🤔Ushbu o‘quv kursi “INNOVATSION O‘QITISH METODLARI” dasturi doirasida o‘tkazilib, o‘qituvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan malaka oshirish kursi hisoblanadi.
✅Mazkur malaka oshirish dasturida Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich faol ishtirok etmoqda.
✅Guruh faoliyatiga Fanlarni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Sultonova Zulfiya Rashidovna koordinator sifatida rahbarlik qilmoqda.
🌏Xalqaro hamkorlikda tashkil etilgan ushbu dastur Xorazm viloyati o‘qituvchilarining malakasini oshirish, innovatsion g‘oyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish hamda ilg‘or xorijiy tajribani amaliyotga joriy etish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

