Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tinglovchilari uchun “Qishki ko‘ngilochar o‘yinlar” mavzusida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

🤔Mashg‘ulot davomida tinglovchilar “San’at”, “Qurish-konstruksiyalash” va “Matematika” markazlarida ta’limiy faoliyatni tashkil etish, bolalarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlar bilan tanishdilar.

🤔Mashg‘ulotni Pedagogik mahorat markazining Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Xasanova Shahnoza olib bordi.

📚Tadbir jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va o‘yinli ta’lim usullarining samaradorligi amaliy tarzda namoyish etildi. Tinglovchilar mashg‘ulot davomida bolalar bilan ishlash jarayonida ijodkorlik, kuzatuvchanlik va pedagogik mahoratni oshirish bo‘yicha yangi tajriba orttirdilar.

😎Ushbu amaliy mashg‘ulot maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tinglovchilari uchun nafaqat o‘quv jarayoni, balki kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish va ta’limda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash borasida muhim amaliy platforma bo‘lib xizmat qildi.


12-11-2025, 14:41
Ko'rishlar: 6
Sahifani chop etish