BUGUN, 14-noyabr kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida Fizika va astronomiya fani kurs tinglovchilari uchun “Ilmiy laboratoriyalarda ochiq ko‘rgazmali darslar tashkil qilib, ishtirokchilarga ilmiy tajribalarda bevosita qatnashishiga imkoniyat yaratish” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
🧪Mashg‘ulot davomida:
↪️kurs tinglovchilari ilmiy tajribalar jarayonida bevosita ishtirok etish imkoniga ega bo‘lishdi;
↪️tajribalar asosida nazariy bilimlarning amaliy integratsiyasi ta’minlandi.
🤔Ushbu amaliy mashg‘ulot tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, laboratoriya madaniyatini shakllantirish, shuningdek, kelajakda o‘quv jarayonida fizika fanining amaliy yo‘nalishlarini samarali qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etadi.




