Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida Matematika fani kurs tinglovchilari uchun navbatdagi MAHORAT DARSI tashkil etildi. Mashg‘ulotni tajribali metodist, matematika fani bo‘yicha katta malakaga ega Xolbayeva Salima Marimboyevna olib bordi.
🤔Dars davomida tinglovchilarga matematika fanini samarali o‘qitishning zamonaviy pedagogik yondashuvlari bilan bir qatorda xotira mashqlari qo‘llashning usullari ham amaliy tarzda ko‘rsatildi.
😎Xotira mashqlari yordamida:
✅matematik formulalar va qoidalarni tezkor eslab qolish,
✅o‘quvchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish,
✅dars jarayonini interaktiv va qiziqarli qilish imkoniyati yaratildi.
🤔Mashg‘ulot tinglovchilarning pedagogik mahoratini oshirish, metodik tajriba almashish va dars sifatini yanada yuqori darajaga ko‘tarish uchun muhim ahamiyat kasb etdi.


