Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich viloyatning tajribali pedagoglari bilan birgalikda Ozarbayjonning yetakchi ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan o‘quv-treninglar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqda.
BUGUN,18-noyabr - O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli tadbirlar bilan, yuksak ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.
Xorazm viloyati pedagoglari ham Ozarbayjonda ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Vatanga sadoqat va davlat ramzlariga hurmat tuyg‘usini ifodalagan holda bayramona kayfiyatni bo‘lishmoqda.



