2025-yil 18-noyabr kuni Pedagogik mahorat markazining Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Masharipova Shoira Raxmanovna va Rossiya Federatsiyasidagi A.I. Gersen nomli Sankt-Peterburg Davlat Pedagogika Universitetidan tashrif buyurgan “ZOR!” (“KLASS”) loyihasi metodisti Starostina Katerina Sergeyevna Xiva shahridagi Prezident maktabiga kelib, o‘quvchilarning ta’lim olish jarayoni va maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
➡️Shuningdek, Prezident maktabining rus tili fani o‘qituvchisi Nilufar Matnazarovaning 8-“Blue” sinfidagi darsi kuzatildi. So‘ngra maktabning 10-11-sinf o‘quvchilari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿18 noyabr kuni, O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kuniga bag‘ishlangan tadbir va o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan bayram ssenariysi juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi. Maktabda bo‘lib o‘tgan uchrashuv hammada iliq ta’surot qoldirdi va yaxshi kayfiyat uyg‘otdi.





