Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

BUGUN, 24-noyabr kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazining “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi professor o'qituvchilari tomonidan “Maktabgacha ta’lim tashkiloti, oila va maktab hamkorligi faoliyati xususiyatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

✅Davra suhbatining faxrli mehmoni sifatida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasining p.f.f.d. (PhD), dotsent Xujaniyozova Oygul Rajabovna tashrif buyurdi. U kishi maktabgacha ta’lim tashkiloti, oila va maktab hamkorligining mazmuni, faoliyat xususiyatlari, mavjud muammolar va ularning yechimlari borasida o‘z ilmiy fikrlari hamda amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

✅Tadbirda Markazning Akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari Polvonova Yulduzxon Saparboyevna, Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i Jumaniyazova Barno Pulatovna ishtirok etdilar.

✍️Ustozning mazmunli suhbati tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.


24-11-2025, 12:23
Ko'rishlar: 4
Sahifani chop etish