Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

Bugun A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instiutida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida fransuz tili fani o‘qituvchilari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

✍️Tadbirda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Ualid Fuk Toshkent shahar umumtaʼlim maktab fransuz tili o‘qituvchilari, shuningdek, Buxoro, Xorazm va Samarqand viloyati pedagogik mahorat markaz rahbarlari va master trenerlari bilan suhbat olib bordi.

✍️Unda O‘zbekistonda Fransuz tilini o‘qitish samaradorligini oshirish, yangi metodlarni qo‘llash, tilni o‘qitishdagi muammo va ularning yechimlari to‘g‘risida so‘z bordi.

🔵Uchrashuv yakunida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan institut va tadbirda ishtirok etgan hududiy pedagogik mahorat markazlarining master trenerlari uchun moddiy texnik baza jamlanmasi topshirildi.

✅Ushbu tadbirda Xorazm viloyatii pedagogik mahorat markazi direktori SALAYEV JASURBEK KOMILOVICH ham ishtirok etdi.


26-11-2025, 10:59
Ko'rishlar: 6
Sahifani chop etish