Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi,
✍️Xiva shahridagi Prezident maktabi va
✍️Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi hamkorligida

✅“Ta’lim tizimiga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi o‘tkazildi.

✅Tadbirni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich ochib berib, ta’lim tizimida raqamlashtirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda innovatsion yondashuvlar bo‘yicha dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

🤔Konferensiya davomida ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish, innovatsion yechimlar va raqamli vositalarning samaradorligi, ilg‘or tajribalarni joriy etish kabi masalalar yuzasidan ilmiy-amaliy fikrlar almashildi.

🤔Tadbir ishlari to‘rtta sho‘bada olib borilib, har bir sho‘bada soha mutaxassislari tomonidan amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surildi.


28-11-2025, 14:56
Ko'rishlar: 7
Sahifani chop etish