Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida malaka oshirishning yangilangan tizimi asosida tashkil etilgan dekabr oyi o‘quv mashg‘ulotlari bugun, 1-dekabr kuni, rasman boshlandi.
🤔Ushbu o‘quv jarayoni pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, zamonaviy ta’lim metodikalarini chuqur o‘zlashtirish hamda amaliy tajribasini boyitishga qaratilgan. Kurslar doirasida tinglovchilarga interaktiv mashg‘ulotlar, amaliy seminarlar va innovatsion ta’lim texnologiyalariga asoslangan treninglar taqdim etiladi.
🤔Mazkur dastur ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirish, yangicha yondashuvlar asosida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda o‘qituvchilarning professional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi.


