2025-yil 2-dekabr kuni A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Живой русский: карточки как инструмент реальной коммуникации” mavzusida amaliy master-klass bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Sankt-Peterburgdagi A.I. Gersen nomidagi Davlat pedagogika universitetining tajribali metodisti Marina Ivanova olib bordi.
✍️Tadbirda Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazining rus tili fani metodisti, Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o'qituvchilari, shuningdek markazda faoliyat yuritayotgan Gersen universiteti metodisti hamda malaka oshirish kurslariga jalb etilgan 60 nafar rus tili kursi tinglovchilari ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.
➖Master-klassda ishtirokchilarga jonli muloqotni rivojlantiruvchi kartochkalar bilan ishlash, dars jarayoniga real kommunikatsiyaga asoslangan topshiriqlarni joriy etish, o‘quvchilarning nutqiy faolligini oshirishga qaratilgan samarali metodik yondashuvlar bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
🤔Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, qatnashchilarda katta qiziqish va ijobiy taassurot uyg‘otdi.



