2025-yil 2-dekabr kuni tayanch Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Metodik mahorat kuni” doirasida navbatdagi amaliy seminar-trening o‘tkazildi. Unda Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi direktor o‘rinbosarlari faol ishtirok etishdi.
➖MAVZU: “MULOQOT VA TIL KOʻNIKMALARINI
SHAKLLANTIRISH”
✍️Tadbir davomida ishtirokchilar maktabgacha ta’lim jarayonida metodik ishlarni samarali tashkil etish, ta’limni rejalashtirishning zamonaviy yondashuvlari, hamda bolalarda ona tili va nutq rivojini ta’minlash bo‘yicha o‘z malakalarini oshirishdi.
✍️Mazkur tadbir direktor o‘rinbosarlarining kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash, metodik jarayonni tizimli ravishda takomillashtirish hamda MTTlarda ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qildi.


