Bugungi mashg‘ulot davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari bolalar xavfsizligini ta’minlashga oid nazariy bilimlarini mustahkamlashdi.
Dars jarayoni quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:
🤔Umumiy xavfsizlik asoslari
✅Bolalar hayot faoliyati xavfsizligining pedagogik mazmuni va tarbiyachining mas’uliyati.
✅MTTda xavfsiz muhit yaratish tamoyillari: guruh xonalari, o‘yin maydonchalari va umumiy hududlarda xavfsizlik standartlariga rioya qilish.
✅Risklarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha tarbiyachilar uchun amaliy chek-list.
✅Bolalarda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish: yoshga mos tushuntirish, didaktik o‘yin va amaliy mashg‘ulotlar orqali asosiy ko‘nikmalarni rivojlantirish.
🤔Mazkur mashg‘ulot tarbiyachilarning kasbiy mahoratini oshirishga, bolalar uchun yanada xavfsiz va qulay muhitni yaratishga xizmat qiladi.
➡️Mashg‘ulotni Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi o‘qituvchisi Xasanova Shahnoza Omonbayevna olib bordi.

