Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida kurs tinglovchilari o‘rtasida “Konstitutsiya mening nigohimda” mavzusiga bag‘ishlangan rasmlar tanlovi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi - tinglovchilarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hurmat va sadoqat tuyg‘usini mustahkamlash, qonun ustuvorligi g‘oyalarini targ‘ib etish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish hamda fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirishdan iboratdir.
🤔Tanlov jarayonida ishtirokchilar Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, asosiy tamoyillari va unda mujassam bo‘lgan demokratik qadriyatlarni badiiy tasvir vositasida ifodalashga intildilar. Har bir ishda o‘ziga xos yondashuv, g‘oyaviy aniqlik va badiiy mahorat yaqqol namoyon bo‘ldi.
Tanlov natijalari quyidagicha yakunlandi:
1-o‘rin - Tarbiya fani guruhi
2-o‘rin - O‘IBDO‘ guruhi
3-o‘rin - Boshlang‘ich ta’lim guruhi
G‘oliblar Pedagogik mahorat markazi tomonidan faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
✨Mazkur tanlov tinglovchilarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda Konstitutsiyaga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Bizni kuzatishda davom eting


