Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

Bugun Pedagogik mahorat markazida “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi tashabbusi bilan tarix, tarbiya, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda musiqa fani o‘qituvchilari hamkorligida “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🤔Tadbirni Pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent va faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich kirish so‘zi bilan ochib, Konstitutsiyaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va unda belgilangan inson huquq va erkinliklarining hayotimizdagi ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

➡️Tadbirning asosiy maqsadi - Bosh qomusimizda belgilangan demokratik tamoyillarni keng targ‘ib etish, ishtirokchilarda huquqiy ong va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

✉️Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi va faol ishtirokchilar markaz ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.


5-12-2025, 21:04
Ko'rishlar: 16
Sahifani chop etish