Tadbirda markazning Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari , shuningdek fan metodistlari tomonidan nazariy-amaliy mashg‘ulotlari tashkil etildi.
➖Dastur doirasida ishtirokchilarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi:
✅PIRLS baholash dasturining maqsad va vazifalari
✅Badiiy va axborotli matnlarni tahlil qilish metodikasi
✅Topshiriqlar tuzilishi va kognitiv talablar
✅Matn ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi innovatsion metodlar
↪️Trening davomida guruhli ishlar, interfaol mashg‘ulotlar, hamda o‘qish savodxonligini oshirishga qaratilgan zamonaviy strategiyalar amaliyotda qo‘llanildi.
📊Tadbir yakunida ishtirokchilarga baholash mezonlari, PIRLS formatiga mos o‘quv materiallarini ishlab chiqish hamda o‘quvchilarda to‘g‘ri va ongli o‘qish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi. Seminar yuqori saviyada o‘tib, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.




