Joriy yilning 12 - dekabr kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida rus tili fani bo‘yicha kurs tinglovchilari uchun metodik soat o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotni tajribali rus tili fani metodisti Shahnoza Sharipova olib bordi.
✍️Dars boshida pedagoglarning amaldagi kasbiy ehtiyojlarini aniqlash maqsadida qisqa diagnostik savolnoma o‘tkazildi. Tahlil natijalari tinglovchilarning asosiy e’tibori ta’lim tizimidagi yangilanishlar, amalga oshirilayotgan islohotlarning ilmiy-metodik asoslari hamda ularning o‘quv jarayonidagi amaliy qo‘llanilishiga qaratilganini ko‘rsatdi.
🤔Metodik soat davomida ta’lim siyosatida kuzatilayotgan dolzarb yo‘nalishlar, normativ-huquqiy o‘zgarishlar, pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi mexanizmlar, shuningdek zamonaviy metodik innovatsiyalar ilmiy tahlil asosida yoritib berildi. 


