Xabaringiz bor, Mamun akademiyasi va Pedagogik mahorat markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish hamda pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolangan. Mazkur memorandum doirasida joriy yilning bugungi kunida Xiva shahridagi Mamun akademiyasida Ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha 1-guruh kurs tinglovchilari uchun ko‘chma dars mashg‘uloti tashkil etildi.
✍️Mazkur ko‘chma dars mashg‘ulotining asosiy maqsadi tinglovchilarning nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlash, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodlar hamda interfaol ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etishdan iborat bo‘ldi.
✍️Kelgusida ham Mamun akademiyasi va Pedagogik mahorat markazi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida shu kabi amaliy mashg‘ulotlar, seminar va treninglarni tashkil etish rejalashtirilgan.


